Ойбек Эргашев - Кадримиз
Qo'lida qadrimiz o'ynab yurganlar
Ishimiz bitkazmay qiynab yurganlar
Orqadan mayda gap chaynab yurganlar
Bugun cho'qqilarda bizlarni ko'rmish
Buni o'zim odam qilganman dermish
Tuhmat toshlarini otgan do'stlarim
Bir paytlari meni sotgan do'stlarim
Bir dasturxonda tuz totgan do'stlarim
Dushmanga qo'shilib g'iybatim qilmish
Buni o'zim odam qilganman dermish
Salom berganda olmagan alik
O'zin osmon bilib yashar shunchalik
Bugun esa har kun yo'llarlar tabrik
Bizni e'tiborga dillari zormish
Necha yil yordamga zor bo'lib yurdim
Omad kelarmikin menga ham derdim
Hech kim tushunmadi dildagi dardim
Iltimos deb borsam yuzlarin burmish
Uni o'zim odam qilganman dermish
Qachondir bizlardan o'zini tortib
Kibr botqog'iga qolganda botib
Indamay tursak ham bizga tosh otib
Besabab ismimni g'iybatga qormish
Uni o'zim odam qilganman dermish
Ahad Qayum yig'lab shu she'rni bitdi
Halol mehnat qilib shu kunga yetdi
Tuhmatlar minnatlar jonidan o'tdi