Musofirlikda yurdim bir yiqildim bir turdim
Yaxshi yomonni bildim, issiq sovuqni ko'rdim
Yordam qo'llarin cho'zdi o'zimdek qiynalganlar
Risqin izlab har tomon tarqalganlar
Ko'chada topgan do'stlarim
bor-u yo'g'imga Ko'ngan do'stlarim
Ishing yurmagan payti ketarkan hamma sotib
Ishongan insonlaring kular ustingdan qotib
Risqimni terayverdim yolg'iz xudodan so'rab
Nomard shayton odamlarga insof tilab
Yetimlik oshin totdim
Ota onamdan ayrilib
Tosh otgan dushmanlarga
Duo qildim qayrilib
Qanchalar nochor ekan dunyoning matoqlari
Arzimas jon bermoqqa yolg'onlari