Надыр Мен эмас
Надир Мен эмас
Нодир Мен эмас
Nodir Men emas
Yo'llaring kutishdan charchadi ko'zim
Shu eski suratga ovunmay qo'ydim
Ne qilay kel desam o'tmasa so'zim
Ishongin men seni sog'inmay qo'ydim
Manziling bilmasa qo'zg'almas kema
Sog'inib bir bora kelmagan dema
Ming turfa yolg'oning bilmagan dema
Ishongin men seni sog'inmay qo'ydim
Men emas
Qo'llaringdan tutga o'sha men emas
Dardlaringni tinglagan men emas
Qo'llaringa gullar tutgan men emas
Hozir yoningda men emas
Nochor bir qalbimdan olmasang xabar
Jimgina yuz burding borsam har safar
Sevmoqlik og'irmi senga shu qadar
Ishongin men seni sog'inmay qo'ydim