Крутые песни
каждый день

Yusuf Eltoyev Bolalik

Yusuf Eltoyev - Bolalik
  • Слушали 34
  • Размер 3.42 MB
  • Длительность 1:29
  • Качество 320 kbps
  • Дата релиза 03.02.2023
На этой странице Вы можете скачать песню Yusuf Eltoyev - Bolalik!. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.
Bolalik
Yusuf Eltoyev
Скачать

Текст песни

Юсуф Элтоев Болалик

Aka esingdami yoz oqshomlari
Yulduzlarni sanab ko'kka boqardik
Opam o'qir edi bizga ertaklar
Tunlari kerosin chiroq yoqardik

Kattadan kichikroq akam sho'xligi
Bir pasda bilinardi uyda yo'qligi
Yig'ilsak to'polon bo'lib uyimiz
Kurashib dumalab har bir kunimiz

Dadamlar kelsalar hushyor tortardik
O'tkir nigohidan biroz qo'rqardik
So'ngra bag'rin ochib bir jilmayardi
Quvonib quchog'ia o'zni otardik

Toshlardan yasardik kichik uychalar
O'yingoh bo'lardi changli ko'chalar
Qornimiz ochganda yugursak uyga
Ayamlar yopardi shirmoy kulchalar

Bahor yomg'irlari yog'ib o'tganda
Bulutlar tarqabon har yon ketganda
Tog' tomon chopardik yugurib shoshib
Qo'ziqorin terardik qirlardan oshib

Похожие песни