Сардор Сафаров Сен уйлама гулим сенсиз хам кунлар утар
Yuraginga kirib bordimu
Har taraf qafasga o'zimni soldim
Yagonaman deb o'ylasam mana
Egasi ko'p ekan adashib qoldim
Ketolmaydi deb o'ylama hecham
Ketganimdan so'ng payqaysan hali
Mensiz yasholmaydi deb o'ylab kulma
Qastma qastiga ham go'zal yashayman
Sen o'ylama gulim sensiz ham kunlar o'tar
Lek chekkan azoblarim olloh ko'rib turibdi
Sendayin bag'ri toshga ham shunday kunlar kelar
Mendagi bu dardlar seni kutib turibdi
O'zgaga xor bo'lganda meni bir bor eslasang
Sevgiga zor bo'lganda eslab ko'zing yoshlama
Afsuslardan to'yib qadrim bila boshlasang
O'zga quchog'in tatib yonimga qaytib kelma