Яхёбек Раимжонов - Бу эркакча
Haliyam tirikman o'lib qolmadim
Quvonishga shoshmang so'lib qolmadim
Siz o'ylagandek pas bo'lib qolmadim
Men hali o'zimni yo'qotganim yo'q
Erkakcha so'zimni yo'qotganim yo'q
Mehringizni tutmang hovuchingizda
Xiyonat izi bor kovushingizda
Aslo kulmang baland tovushingizda
Men hali o'zimni yo'qotganim yo'q
Erkakcha so'zimni yo'qotganim yo'q
Yo'l bosdim gohida so'qmoqlar aro
Tekis yo'l ko'rmadim goh toshlar aro
Yashadimku sizdek beboshlar aro
lek hali ko'zimni yo'qotganim yo'q
JAng desa tortinmay borganlarim bor
PAstkashlarning jag'in yorganlarim bor
Sizni deb talpada qolganlarim bor
Qo'rqmayman duximni yo'qotganim yo'q
Bo'lishim shu mening baland dumog'im
Haromni xushlamas aslo tomog'im
Qo'llarim tutmadiz uzatgan cho'g'im
Esimda xotiram yo'qotganim yo'q
Bo'ldida g'iybatim qilavermangda
Sirlarizni ochsam bo'lmang sharmanda
Jim turing gapirmang men gapirganda
Erkakman yuzimni yo'qotganim yo'q