Хаёт гурухи - Севишни ургатманглар
Bir zamonlar menga Yulduz yoqardi
Kunu tun o'ylasam yurak yonardi
Uzoqdan bo'lsa ham ko'rgim kelardi
O'rgatmanglar menga qanday sevishni
Maktublarda yozar edim so'zlarni
sevishini aytib turardi ko'zlari
Balki ololmadim uning gulyuzin
Endi yolg'izlikdaman bir o'zim
Bir zamonlar menga bir qiz yoqardi
Uni o'ylab qora sochim oqardi
eslamayman hatto endi ko'rishni
O'rgatmanglar menga qanday sevishni
Bir bor sevib nima topdim dunyodan
Boshim sira chiqmas edi balodan
Joy bermadi yuragining to'ridan
menga qanday sevishni o'rgatmanglar
O'zgalardan men qizg'onib sevardim
Menda ko'ngli bor deb o'ylab yurardim
Sevganida eng baxtli qiz qilardim
o'rgatmanglar menga qanday sevishni
Yarashardi yoyib olgan sochlari
go'zal edi qaro qalam qoshlari
Boshqa sevghan ekan uning so'zlari
Yuragimda hamon u o'qning izlari