Mirjalol Nematov Kuylar yozdim remix
Men uni yomonlolmayman
Yengilganim tan ololmayman
Mayli u yuraversin maqtanib
Ketaman lekin kecholmayman
Yo'ldan ursalar chidolmayman
Ahir u ketayapti aldanib
Bugun makonim kimsasiz joylar
Suvlari qurigan sharqiroq soylar
Tongi hech otmaydigan qora tunlar
Manzillari armonga to'qnash yo'llar
Sog'inib suratlariga yuzim bosdim
To'plangan dardlarim to'kib bir qo'shiq yozdim
Uni tinglab ko'ring faqat yig'lamang
Sevganim sevgimni o'ldirdi unga indamang
Kuylar yozib har qatori dardlar bilan dard bilan
Yor aldadi javobi yo'q xatlar bilan xat bilan
Oshno qilib ketti go'zal qayg'usiga qayg'usiga
Menchi oshiq edim uni kulgusiga kulgusiga
Toma toma ko'z yoshlari alam bo'ldim
Bora bora begona qadam bo'ldim
Siyohlari tugab qolgan qalam bo'ldim
Muhabbatga bora bora qaram bo'ldim