Юсуф Элтоев Мусофир
Kuyib ketdim onajon rossiyaning sovug'idan
Qor yog'adi har kuni xo'jayinning qovog'idan
Kecha ayoz ishlagandik qurib ketsin rubli
Sovuq olib qo'yibdi do'stginamning oyog'idan
Har kun tongda turamiz yana o'sha ish onajon
Rossiyada bir yilda 8 oylab qish onajon
Musofirning dardini kim ham bilar qadrini
Ko'rpachamiz beton bo'ldi yostig'imiz g'isht onajon
Tezroq uyga qaytardik pulimizni berishsa
Bizning aybimiz nima ros ukarain urushsa
Hamma odam Atoyu Momo havo farzandi
Dardlarimni men kuylab sher qilib yozdim ona
Sog'inib men sizlarni anchayin ozdim ona
Imkon bo'ldi deguncha qishlog'imga ketaman
Yoningizda bo'lmasam o'g'il bo'lib netaman