Сардор Бекмуродов Мусофирдан салом
Mana qaytishar yurtga do'stlarim
Yarim oy misol yurgim yarim
Qaytardim men ham jon deya shu on
Pul topmoq kerak afsus onajon
Uy qurmoq uchun uylanmoq uchun
Tomlarni yopib uy solmog' uchun
Bora olmayman bu yilcha yana
Kami ko'stlarni to'ldirmoq uchun
Salom otajon salom onajon
Bu yil ham bormog'im gumon
Salom otajon salom onajon
Musofir bolang sog'indi yomon
Necha do'stlarim to'ylarin qildi
To'y oshin yemoq armonim bo'ldi
Armonim bo'ldi to'yda yayramoq
Tabriklab do'stim o'ylamoq
Eshitdim sovchi kelarmish har gal
Iltimos kut meni go'zal
Men bo'lib kuyov men bo'lib kelin