Киличбек Мадалиев Дадамдандир
Manzil topmoq eng birinchi qadamdandir
Odam bo'lmoq bir jon kuyar odamdandir
Shukur olloh bermish shundek vale nemat
Qancha muxlis topgan bo'lsam dadamdandir
Hayotimga chiroq bo'lgan odamdandir
Mudom shodman sozlarimga gullar iling
Xizmatdaman to'ylar bo'lsin o'ynab kuling
Meni emas siz dadamni duo qiling
Qo'shiqlarim yoqgan bo'lsa dadamdandir
Duolari panoh bo'lgan odamdandir
Qani endi izlarini ko'zga surtsam
Onajonim yonlarida hajda ko'rsam
Farzand uchun kiray agar yuzga kirsam
Ona qadrin osmon bilsam dadamdandir
Duolari panoh bo'lgan odamdandir