Аброр Азизов Бу беш кунлик хаётда икки кузим хайратда
Bu besh kunlik hayotda ikki ko'zim hayratda
Uyalmasdan uyatda qolganlarni ko`rdim men
Yengilib bazan yovsiz qolib birov qarovsiz
Hatto cho'g'siz olovsiz yonganlarni ko'rdim men
Nohaqlarning yonini bechoraning molini
Jon deb turib jonini olganlarni ko'rdim men
Amal qilmay diniga bir marta emas kuniga
Shaytonlarni diliga solganlarni ko`rdim men
Begona bilan yotgan balchiqqa dildan botgan
Hatto badanin sotgan arzonlarni ko'rdim men
O`zga yurtlarda yurgan qaytib kelolmay turgan
Peshonasiga urgan sarsonlarni ko`rdim men
Har kuni ichib yurgan ichib otasin urgan
Ikki oyoqda yurgan hayvonlarni ko`rdim men
Haqiqat so'z aytganda qilganida attang-da
Bolasidan qaytganda vayronlarni ko'rdim men