Миржалол Нематов Сендан колган жарохат хохласам хам битмайди
Миржалол Нематов Жарохат
Sog'inch azobi yetar o'z holimga qo'y mani
Kelganing sezar yurak sensiz holim ko'rgani
Unutayotgan edim tunlarni kunga ulab
Ustimdan kulish uchun keldingmi yor hol so'rab
Sendan qolgan jarohat jarohat
Xohlasam ham bitmaydi
Ayriliq degan dardga bu dardga
Boshqa sabrim yetmaydi
Taqdir meni qiynama hammasi qoldi ortga
Hayotim bo'lgan yorni ko'rgim kelmas hayotda
Nega qaytding ayt nechun menda ko'ngling bo'lmasa
Senga bergan mehrimdan seni ko'ngling to'lmasa