Sherali Jo'rayev va Zohirshoh Jo'rayev - Sherlar makoni
So'rsang makonimni gullar konidanman
Shu gulzor bog'bonining qonidanman
Dili zahmatkash bir qo'llari oltin
Shu qo'llar undirgan sharobidanman
Shu qo'llar undirgan sharobidanman
Zabardas yuragi nozik barmoqlar
Bugut boqishlari bodom qovoqlar
Po'lat ot o'ynatgan qalbi olovlar
To'plagan oltinning xirmonidanman
Po'lat ot o'ynatgan qalbi olovlar
To'plagan oltinning xirmonidanman
Yurti farovondir maqsadi tinchlik
Mehmondo'st qalbi pok shiori do'stlik
Odati bobomdan qolgan o'zbekning
Bag'rikeng o'zbekning tuprog'idanman
Odati bobomdan qolgan o'zbekning
Bag'rikeng o'zbekning tuprog'idanman
Sherlarning ichinda quyon yurmag'ay
Yursa ham hech qachon sher bo'lolmag'ay
Rostini bilmoqchi bo'lsang hoynahoy
Bilib qo'y sherlarning makonidanman
Rostini bilmoqchi bo'lsang hoynahoy
Bilib qo'y sherlarning makonidanman