Миржалол Нематов Бир шер ездим сатрлари дарддан яралган
Yashayver tinch, o'tmayman hech endi ko'changdan
Yo'llaringda uchramayman qutilding mendan
Mayli bor boraver azoblab ketaver
Yurak uni kam sevgan edik kimdan
Jim turma so'zla qachon sevib qolganing
Yosh to'la ko'zlar o'chirolmas yonganing
Holing namoyon sevgi edi nega kerak
Ko'ksim ichra isyon qilma endi yurak
Yo'qoldi orom endi yashay olmaymiz tinch
Hammasi tamom holimizga qo'ymas sog'inch
Bilmaydi uni deb aqldan ozganim
Qandayin holatda bu she’rni yozganim
Bir sher yozdim satrlari darddan yaraldi
Ishonmaysan har so'zidan g'amlar taraldi
Tunda bedor yozdim uni ko'zda yosh bilan
Yozgunimcha ming bor ko'zga sog'inch qadaldi
Aytardim kech, kechmading hech yuragim undan
Uni deya kunlarimiz farqi yo'q tundan
Yasharmiz alamda, alamlar qadamda
Holimiz shu uni uchratgan kundan
Bo'lsin bari tamom yaxshidur tugagani
Axir tugab bo'ldi bardoshimni qolgani
Qara ahvolimni ko'rganlar nima deydi
Avvalgi hayotim sevgisiz ham yaxshiydi
Kechardim oson ko'ngil kecholmadi hech
Bir yonda xijron bir yonda qiynar sog'inch
Bilmaydi uni deb aqldan ozganim
Qandayin holatda bu she'rni yozganim