Фарход ва Ширин - Тошкент
Kim sog'inmas bolalikning bahorlarini
Yomg'irdan so'ng chiqqan quyoshli onlarini
Varraklari ilinib qolgan o'sha simyog'och
Bugun yonib turgan cChiroqlarini
Tarix bo'ldi kecha bu loy ko'chalar
Hayol endi yoshlikdagi sirli kechalar
Qayga boqma do'stim bag'ri diling ochilar
Bir erkatoy shahar bo'ldi bugungi Toshkent
Toshkent ko'chalarida Toshkent kechalarida
Yog'ayotgan yomg'irlari boshqachada
Eh birinchi xotiraga aylangan bu on
Yoshlik beboshliklaringdan qolgan xiyobon
Qancha yillar o'tib ketsa hamki oradan
Kimga baxtli kun bo'ldi u kimgadir armon