Хикмат Ажойиб - Синмадик
Yiqildim bukildim lekin sinmadim
Bir kuldim yig'ladim lekin so'lmadim
Otilgan toshlarga qiyo boqmadim
Haqiqat daryosiga qarshi oqmadim
Kimlar bizni dunyoga sig'dirolmaydi
Ortimizdan chaynalib ham ko'rolmaydi
Ming qilsa ham ular odam bo'lmaydi
Bizni ollohdan boshqa sindirolmaydi
Oilam deb yoshlikdan tinmay ishladik
Halolidan bo'lsin halol tishladik
kech bo'lsa ham tanho yolg'iz erishdik
Ko'rolmaganlar bor ko'rib qo'ysinlar
Ishonganing kim deb so'rab qo'ysinlar
Ishonganim robbim bilib qo'ysinlar
Yutug'imiz ko'rib yonib kuysinlar