Жавлонбек Хатамов - Онажон
Ichimdagi dardimni bo'y sindirib sabrimni
Bir pul bo'lgan qadrimni ko'mayapman onajon
Yuragimni ayovsiz qoldiribman qarovsiz
Yashashga ham yaroqsiz bo'lib qoldim onajon
Onam onam onam onajon
Dunyolarga sig'masdan sochlarimni yulmasdan
Kulish nima bilmasdan yig'layapman onajon
O'rtanaman har onda xayollarim har yonda
Bilmam qaysi tomonda ketayapman onajon
Ichim to'ldi yoronlar topolmasdan darmonlar
Har qadamda armonlar qiynayapdi onajon
Yomon yo'lga yurmasdan nafsimni zo'r bilmasdan
Bu yerlarda qolmasdan ketayapman onajon