Самандар Эргашев Мен уша ишкдан куйган боламан
Men o'sha ishqdan kuygan bolaman
Yor yor aytib to'yingda yonaman
Kerakmas endi menga o'zga yor
Bo'lding bir umrga armon
Bu ko'zdagi qayg'u g'amlardan ishon
Nahot qoldim sensiz aqlim ham hayron
Qandayin yupatay aytgin o'zimni
Senla qurgan baxtim chilparchin vayron
Axir bergan edim qalbim qasrini
Parcha parcha qilib ketding barini
Balki oddiyligim yoqmadi senga
Tanlading kimlarni zebu zarini
So'z aytmoqqa ojiz bugun bu tilim
Ismingni takrorlab to'xtamas tilim
Nahot yo'llarimiz bo'lmoqda ayro
Ifori o'zgani mast etgan gulim