Имрон - Билмайсизлар
Aralashdi umrimizning fasllari
Qishda bahor nega parvo qilmaysizlar
Ey gunohkor odam ato nasllari
Yig'laganim boisini bilmaysizlar
Kulganimda nima gap deb yugurdingiz
G'amga botsam na so'rab na qidirdingiz
qachon buncha loqayd bo'lib ulgurdingiz
Yig'laganim boisini bilmaysizlar
Bilmaysizlar bilmaysizlar bilmaysizlar
yig'laganim boisini bilmaysizlar
Malomatlar suyagimdan o'tdi jimman
Vallomatlar tomog'imdan tutdi jimman
Sevgan qizim kelin bo'lib ketdi jimman
Yig'laganim boisini bilmaysizlar
Hayot maydon murosayu kurash kerak
Yo to'lish yo bir chekkadan nurash kerak
Bilish uchun hech bo'lmasa so'rash kerak
Yig'laganim boisini bilmaysizlar